13:08 / 06.01.2022
10101
Xorazm viloyati IIB tizimida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi

Bog‘ot, Yangibozor va Yangiariq tumanida IIB boshlig‘i o‘zgardi. 

 Axmedov Ergashbek Erkinovich 

Podpolkovnik Axmedov Ergashbek Erkinovich Bog‘ot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Yangiariq tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Tajimuratov Ilxom Raximbayevich

Polkovnik Tajimuratov Ilxam Raximbayevich Yangibozor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Yuldashev Temur Azadovich

Podpolkovnik Yuldashev Temur Azadovich Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati IIB JQB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

 Abdullayev Abdulla Xabibullayevich

Podpolkovnik Abdullayev Abdulla Xabibullayevich Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Bog‘ot tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Masharipov Azamat Yangibayevich

Podpolkovnik Masharipov Azamat Yangibayevich Yangiariq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Yangibozor tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid
Top