08:32 / 08.01.2022
8815
40 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni ma’lum qilindi

40 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni to‘g‘risida ma’lumot berildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasida 738 nafar 40 va undan katta yoshdagi ayollar farzandli bo‘lishgan.

Hududlar kesimida 40 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 89 nafar.

Keyingi o‘rinlardan Qashqadaryo viloyati (86 nafar) va Samarqand viloyati (79 nafar) joy olgan.

Shuningdek, 40 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Surxondaryo viloyati – 73 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 68 nafar;
  • Andijon viloyati – 51 nafar;
  • Toshkent viloyati – 51 nafar;
  • Namangan viloyati – 42 nafar;
  • Xorazm viloyati – 40 nafar;
  • Buxoro viloyati – 37 nafar;
  • Jizzax viloyati – 35 nafar;
  • Farg‘ona viloyati – 35 nafar;
  • Navoiy viloyati – 27 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 25 nafar.
Top