16:04 / 08.01.2022
27344

Oyning orqa tomonidagi «sirli uy» nima ekani ma’lum bo‘ldi

Kosmik jurnalist Endryu Jons Xitoy lunoxodi olgan yangi suratlarni e’lon qildi.

Foto: Reuters

Xitoyning «Yuytu-2» lunoxodi Oyda suratga olgan sirli obekt aslida xarsangtosh ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda CNet xabar bermoqda.

Uning dastlabki surati dekabr boshlarida chop etilgandi. Obekt ko‘rinishidan uyni eslatardi. 

Kosmik jurnalist Endryu Jons Xitoy lunoxodi olgan yangi suratlarni e’lon qildi. Suratlar «sirli uy» aslida krater chetida joylashgan xarsangtosh ekanini ko‘rsatdi.

«Yuytu-2» 2019 yilda Fon Karman krateri joylashgan hududga qo‘ngan bo‘lib, u Oyning orqa tomoniga yetib kelgan birinchi lunoxod hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top