09:30 / 10.01.2022
4781

2021 yilda shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxi 9,4 foizga oshdi

Yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari bir oyda o‘rtacha 0,6 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning dekabr oyida yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari 2021 yilning noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlashgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil davomida yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari o‘rtacha 6,4 foizga oshgani kuzatilgan.

Shuningdek, 2021 yil davomida shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari o‘rtacha 9,4 foizga qimmatlashgani ma’lum qilindi.  

Top