12:00 / 10.01.2022
2582
2021 yilda Ucell 200 ga yaqin yangi bazaviy stansiyalarni qurdi va 500 dan ortig‘ini modernizatsiyalashtirdi
Foto: Ucell

Ucell kompaniyasi doimiy ravishda aloqa sifatini yaxshilash va internet tezligini oshirish ustida ish olib boradi. Yangi yil oldi kunlarida Ucell 200ga yaqin tayanch stansiyasi qurilgani va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatdagi 12ta viloyat hamda Toshkentda mavjud 500dan oshiq tayanch stansiya modernizatsiyalashtirilgani haqida hisobot berdi. Ayniqsa, o‘tgan yilning IV choragi Ucell texnik departamenti xodimlari uchun unumli bo‘ldi.

Asosiy shartlardan biri

Uyali aloqa va tezkor internetni to‘siqlarsiz qabul qilish uchun yaxshi telefon va sifatli signal kerak. Agar birinchisi abonentga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi mobil operatorlar tomonidan ta’minlanadi. Asosiy shartlardan biri shuki, abonentlar eng yaqin tayanch stansiyasi (keyingi o‘rinlarda TS) signal qamrovi masofasida bo‘lishlari kerak.

Ucell Buxoro, Samarqand va Toshkentda kerakli miqdorda yangi maydonchalar qurib, yetakchi tayanch stansiyalarni tiklashga erishdi. Ta’kidlash o‘rinliki, masalan, Samarqandda tayanch stansiyalarning 26%i modernizatsiyalashtirilgan bo‘lsa, Andijon viloyatida 99,6% stansiya modernizatsiyalashtirildi.

O‘tgan yili O‘zbekiston bo‘ylab jami 500dan oshiq stansiya modernizatsiya qilindi.

Foto: Ucell
Foto: Ucell

Nafaqat biznes, balki ijtimoiy masalalar ham

Standart tayanch stansiyasining narxi (uchta sektor: atrofdagi hududni qoplovchi antennalar va uchta qatlam: 2G, 3G hamda 4G) o‘rtacha 70-80 ming dollarni tashkil etadi. O‘rtacha deb aytayotganimizning sababi, 70 metrlik antenna-machtali inshoot yoki tom ustidagi qabul-uzatish apparaturasi kompleksining narxi sezilarli darajada farq qiladi.  

O‘zbekistonda abonentning o‘rtacha oylik hisobi (ARPU) 24 ming so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, biz mobil aloqa va internetga oyiga o‘rtacha 2,22 dollar sarflaymiz.

Ushbu ikki raqamni bilganingizdan so‘ng tayanch stansiyasi xarajatlarini qoplash uchun qancha abonent va vaqt kerakligini oson tasavvur qilasiz. Bunda yuqorida aytib o‘tilgan narxga ijara, elektr ta’minoti, ta’mirlash va mutaxassislar ish haqi kiritilmagan.

Faoliyatini boshlagan kundan to hozirga qadar Ucell ijtimoiy funksiyalarni bajaruvchi tayanch stansiyalarni qurib kelmoqda. Ha, Ucell biznes-kompaniya va tijoriy manfaatga erishishni ko‘zda tutadi. Biz aholisi kam hududlardagi TS umuman yoki yaqin orada daromad keltirmasligi mumkinligi ehtimoldan xoli emas, lekin ular insonlarning qulayligi uchun qurilmoqda.

«Obod qishloq» dasturi doirasida mamlakatning chekka va aholisi kam hududlari, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Ucell 19ta stansiyani qurib, foydalanishga topshirdi.

Yangi tayanch stansiyalari o‘rnatilgan aholi punktlari orasida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Qoniratko‘l” qishloq fuqarolar yig‘ini;
  • Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Baxmal QFY Boyqo‘ng‘ir qishlog‘i;
  • Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi «Loyqasoy» mahalliy fuqarolar yig‘ini;
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Shahriobod mahallasida joylashgan Hurvatan qishlog‘i bor.
Foto: Ucell
Foto: Ucell

Mikroto‘lqinli pechdan ham xavfsiz

Turar joylar, maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalar yaqinida TS qurish xavfsiz. Davlat mamlakatda qabul qilingan sanitar normalariga rioya qilish ustidan juda qat’iy nazorat o‘rnatgan. Har bir obekt uchun sanitar pasport ishlab chiqiladi va unda nurlanish hududlari ko‘rsatilgan tegishli zichligi bilan aks ettiriladi.

O‘zbekistonda ruxsat berilgan aloqa oqimining zichlik darajasi – 10 mkVt/sm².

Har bir yutuqning o‘z nomi bor

Texnik blok xodimlarining yuqori darajadagi professionalligi va intiluvchanligi tufayli 2021 yil texnik rivojlanish rejasi bajarildi.

Ushbu yuksak muvaffaqiyatga Dmitriy Abduraxmanov rahbarligi ostidagi jamoa o‘zining katta hissasini qo‘shdi: O‘tkir Ne’matov, Anvar Suleymanov, Timur Aminov, Alisher Ibadullayev, Orzubek Qodirov, Murat Kurbanov, Emil Kurtnazarov va Sardorbek Xolmuhammedov.

Hududiy mutaxassislarni ham ta’kidlab o‘tamiz: Azamat Aniyazov, Andrey Dmitriyev, Axmadjan Gulyamov, Baxadyr Umarov, Igor Vanishev, Mansur Eshmuratov, Marat Djumayev, Muratbay Seyidov, Firdavs Imamov va Elmurod Raximov.

2022 yilga qurilish rejalari

Ucell aloqa sifatini yaxshilash ustida tinimsiz ishlamoqda.

Bu maqsadda 2022 yilda bir necha yuzlab yangi maydonchalar quriladi. Bundan tashqari, butun O‘zbekiston bo‘ylab 800dan oshiq tayanch stansiyalari modernizatsiya qilinadi.

Yaqin to‘rt yillik budjet taqsimotida transport infrastrukturasini va, avvalo, butun respublika hududida optik tolali aloqa liniyalarini  rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Batafsil: ucell.uz/uz/myucell/press_srv

Reklama huquqi asosida

Top