22:34 / 10.01.2022
121588

Honor buklanuvchi smartfonini taqdim etdi

Smartfon narxi 1575 dollardan boshlanadi.

Foto: Honor

Xitoyning Honor kompaniyasi Honor Magic V deb nomlangan birinchi buklanuvchi smartfonini taqdim etdi.

Qurilma 2272x1984 piksel bo‘lgan 20 santimetrli ichki displey bilan jihozlangan. Uning tashqi displeyi 16,4 santimetr bo‘lib, 2560x1080 pikselga teng.

Smartfonning qalinligi 6,7 mm va uzunligi 141,1 mm. Buklangan holda esa o‘lchami mos ravishda 14,3 mm va 72,7 mm.

Gadjet Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 4750 mA/s batareyaga ega. Batareya 15 daqiqa ichida 50 foiz quvvat oladi.

Smartfonning operativ xotirasi 12Gb, ichki xotirasi esa 256 yoki 512 Gb.

Honor Magic V uchta 50 megapikselli kamera va 42 megapikselli selfi-obektiv bilan jihozlangan.

Xabar qilinishicha, smartfon narxi 9999 yuanni (1575 dollar) tashkil etadi.

Top