09:37 / 10.01.2022
9047
O‘zbekiston go‘sht importini oshirdi

O‘zbekiston 11 oyda xorijdan 27,6 ming tonna go‘sht import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 27,6 ming tonna go‘sht import qilgan.

Go‘sht importi 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 ming tonnaga oshgan.

2021 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p go‘sht import qilgan davlatlar: 

  • Belarus – 18,7 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 4,2 ming tonna;
  • Ukraina – 2,6 ming tonna;
  • Rossiya – 629 tonna;
  • Moldova – 660 tonna.

O‘zbekistonda 2021 yilning 9 oyida 1,9 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.

Avvalroq, O‘zbekistonga import go‘sht asosan Belarusdan olib kelinayotgani ma’lum qilingandi.

Top