11:47 / 10.01.2022
1024
Samarqandda ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati Toyloq tumanida ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lib, ulardan 3 500 dollar olgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 7 yanvar kuni fuqaro S. Samarqand viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Samarqand shahrida yashovchi N.A. ismli shaxs M. va Sh.ni Turkiyaga fohishalikka yuborishini aytib, ulardan 3 500 dollar pul so‘raganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ariza yuzasidan 2022 yil 8 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toyloq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, Samarqand shahar Shota Rustaveli ko‘chasida yashovchi N.A. ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yuborish uchun kelishilgan 3 500 dollarni olgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top