16:23 / 11.01.2022
6931
Qozog‘istonda mansabdorlarning maoshlari besh yilgacha oshirilmaydigan bo‘ldi

Qosim-Jo‘mart To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, ularning oylik maoshlari yetarli darajada.

Foto: TASS

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev vazirlar, hokimlar va deputatlarning oylik maoshlari oshirilishiga besh yillik moratoriy e’lon qildi.

"Budjetga daromadlar to‘g‘risida so‘z borar ekan, ayrim xarajatlarni ham qayd etmasak bo‘lmaydi. Hukumat a’zolari, deputatlar va albatta, hokimlarning oylik maoshlarini aytmoqchiman. Bu masala o‘tgan yili jamiyatda qizg‘in muhokama qilingandi", - dedi To‘qayev mamlakat quyi parlamentida qilgan chiqishida.

"Yuqorida eslab o‘tilgan davlat xizmatchilarining maoshlarini yetarli deb hisoblayman. Shu sababli hukumat a’zolari, hokimlar va deputatlarning oylik maoshlari oshirilishiga besh yillik moratoriy e’lon qilish mumkin deb hisoblayman", - dedi u.

Qozog‘iston prezidenti parlamentdagilar bu yangilikni "tushunish bilan qabul qilishlari"ga umid bildirdi.

"Ma’muriy xizmatchilar va budjet xodimlarining maoshlarini budjet imkoniyatlari o‘sishiga qarab oshirishda davom etamiz", - deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid
Top