08:42 / 13.01.2022
3698

Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfi haqida e’lon qildi. 

FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 13 yanvar soat 08:00 dan 14 yanvar soat 08:00 gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.

Bugun, 13 yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Top