21:21 / 14.01.2022
9779

Navoiyda bir guruh harbiylar esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida bir guruh harbiylar «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan respublikaning turli viloyatlarida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyatdagi bir guruh harbiylar, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari va soha faxriylari «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil» esdalik nishoni hamda viloyat hokimligining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Viloyat hokimi Normat Tursunov yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.

Top