17:50 / 14.01.2022
2112
O‘tgan yili auksion orqali qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgan

2021 yilda tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,1 mln so‘mni, eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil etgan.

Foto: KUN.UZ

2021 yil yakunlariga ko‘ra tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 298,8 mlrd so‘mlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Avtoraqamlarning sotuvi 2020 yil bilan taqqoslanganda son jihatdan 40 foizga, hajmi bo‘yicha – 21 foizga o‘sgan.

Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,1 mln so‘mni, eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91 foizi jismoniy shaxslar, 9 foizi - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48 foiz) Samarqand va Farg‘ona (8 foizdan), Namangan va Andijon (6 foizdan), hamda Buxoro (5 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.

Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi –Davlat budjetiga, 20 foizi –Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid
Top