11:35 / 14.01.2022
6022
Toshkentdagi do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan do‘konlarning birida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi.

FVV matbuot xizmati xabar berishicha, 14 yanvar kuni soat 09:02 da tumanning Qoraqamish-3 dahasidagi oziq-ovqat do‘koni yonayotgani to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:06 da yetib borgan va u soat 09:24 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 80 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top