09:40 / 15.01.2022
4248

FVV Chimyonda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfi haqida e’lon qildi. 

FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 15 yanvar soat 08:00 dan 16 yanvar soat 08:00 gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.

Bugun, 15 yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Top