17:15 / 15.01.2022
7357
«Jyenoa» Andrey Shevchenko iste’foga chiqarilganini e’lon qildi
Foto: Getty Images

Italiya A Seriyasida ish boshlaganiga hali endi ikki oy bo‘lgan Andrey Shevchenkoning Apenin yarimorolidagi murabbiylik faoliyati omadsiz chiqdi.

«Jyenoa» klubi rasmiy sayti Andrey Shevchenko iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Ukrainalik 45 yoshli mutaxassis noyabr oyida Genuya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagandi. Ammo uning Italiyadagi dastlabki murabbiylik faoliyati 2 oy davom etdi.

Avvalroq, «Jyenoa» rahbariyati Shevchenko va uning murabbiylar shtabi bilan muddatdan avval shartnomani bekor qilgan taqdirda jami 20 million yevro tovon puli to‘lashi haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, «Jyenoa» A Seriyada 21-turdan keyin 12 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda. Genuyaliklar Shevchenko qo‘l ostida A Seriyada 9ta uchrashuv o‘tkazib, 6 mag‘lubiyat va 3ta durang qayd etdi. Italiya kubogida esa 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan.

Mavzuga oid
Top