22:37 / 15.01.2022
33600

Maktablarda qishki ta’til uzaytirilgani to‘g‘risidagi xabar yolg‘on - XTV

Qishki ta’til avval belgilanganidek 24 yanvargacha davom etadi.

Foto: KUN.UZ

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda qishki ta’til 1 martgacha davom etishi to‘g‘risida tarqalgan xabar asossizligini ma’lum qildi.

“Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishki ta’til 1 martga qadar uzaytirilganligi haqidagi xabar yolg‘on ekanligini ma’lum qilamiz”, deyiladi XTV matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til muddati 24 yanvargacha davom etishi to‘g‘risida e’lon qilgandi.

Vazirlikning bildirishicha, tizimdagi kadrlar malakasini Milliy o‘quv dasturlari asosida oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligi keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida qishki ta’til kunlari 24 yanvarga qadar uzaytirilgan.

Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlangandi.

Mavzuga oid
Top