16:21 / 15.01.2022
13402

Qozog‘iston energetika vazirining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi

U bilan birga elektron savdo maydonchalari rahbarlari va Mang‘istau oblastida suyultirilgan gaz narxini asossiz ravishda oshirishga aloqador shaxslar ham qo‘lga olingan.

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘iston moliyaviy monitoring agentligi mamlakat energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Jumaboy Karagayevni qo‘lga oldi

"Moliyaviy monitoring agentligining Mang‘istau oblasti bo‘yicha hududiy departamenti tergov-operativ guruhi Qozog‘iston energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Jumabay Karagayev, elektron savdo maydonchalari rahbarlari va Mang‘istau oblastida suyultirilgan gaz narxini asossiz ravishda oshirishga aloqador shaxslarni qo‘lga oldi", - deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, Karagayev ikki oy muddatga hibsga olingan.

Avvalroq u energetika vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Mang‘istau oblasti markazi Janao‘zen shahrida suyultirilgan gaz narxi birdaniga ikki baravar ko‘tarilganidan norozi bo‘lgan odamlarning namoyishlari keyinchalik butun mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarga aylanib ketgandi.

Mavzuga oid
Top