08:31 / 17.01.2022
4759

Andijon viloyatining bir qancha tumanlari IIB boshliqlari rotatsiya qilindi

Viloyatning Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa, Shahrixon, Andijon tumanlari IIB boshliqlari rotatsiya qilingan. Boshqa tumanlarda ham tayinlovlar 17 yanvar kuni davom ettiriladi.

Foto: Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi

Izboskan tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Bahromov Bektemir Rahmonovich Qo‘rg‘ontepa tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. O‘z navbatida Qo‘rg‘ontepa tumanining sobiq boshlig‘i Dilmurod Ixvoldinov Andijon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan.

Foto: Xonobod shahar hokimligi

Xonobod shahri IIB boshlig‘i lavozimiga Andijon tumani IIB boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan Maxsudov Farhodbek Turg‘unboyevich tayinlangan.

Bundan tashqari, podpolkovnik Islamov Azizbek Rustamjonovich Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U tayinlovga qadar Paxtaobod tumani IIB boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Kun.uz manbalarining xabar berishicha, 17 yanvar kuni ham viloyatdagi ayrim tumanlarida lavozim tayinlovlari amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top