07:40 / 17.01.2022
14658

Doimiy aholi soni eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi 

Hududlarning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4 031 299 kishi.

Shuningdek, keyingi o‘rinlardan 3 896 393 kishi istiqomat qiluvchi Farg‘ona viloyati va 3 408 313 kishi yashovchi Qashqadaryo viloyati joy olgan.

Doimiy aholi soni bo‘yicha ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Andijon viloyati – 3 253 501 kishi;
  • Toshkent viloyati – 2 941 620 kishi;
  • Namangan viloyati – 2 931 066 kishi;
  • Toshkent shahri – 2 860 511 kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 2 743 196 kishi;
  • Buxoro viloyati – 1 976 866 kishi;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1 948 496 kishi;
  • Xorazm viloyati – 1 924 167 kishi;
  • Jizzax viloyati – 1 443 380 kishi;
  • Navoiy viloyati – 1 033 869 kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 878 599 kishi.

Avvalroq, 2021 yilda O‘zbekistonda aholi soni har kuni qariyb 2 ming kishiga oshgani xabar berilgandi.

Mamlakat aholisi 2021 yil davomida har oyda o‘rtacha 59,4 ming kishiga ko‘paygan. 2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan.

Mavzuga oid
Top