08:04 / 18.01.2022
20184

Navoiyda 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokat mehnat faoliyati bilan bog‘liq deb topildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2021 yilning 6 noyabr kuni Navoiy-Nurota yo‘lida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan mashinalar to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur ayanchli hodisa yuzasidan o‘rganish natijalarini ma’lum qildi.

Vazirlik munosabatiga ko‘ra, holat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021 yil 8 noyabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan to‘liq o‘rganilgan hamda vaziyat mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisa, deb topilgan.

Jabrlanuvchilarning har biriga N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzish yuzasidan AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi nomiga va AT “Xalq banki” Navoiy viloyati filialiga yozma ko‘rsatma kiritilgan. Shuningdek, maxsus tekshirish materiallari Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan.

Avtohalokat oqibatida AT “Xalq banki” Nurota tuman filialining boshqaruvchisi, 29 yoshli Temurmalik Pirmatov, bosh hisobchisi, 40 yoshli Muzaffar Saidov hamda monitoring bo‘limi boshlig‘i, 32 yoshli Yunusjon Ravshanov voqea joyida vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top