07:50 / 19.01.2022
3489

2021 yilda O‘zbekistonda 774 ming tonna neft xomashyosi qazib olingan

2021 yilda qancha neft xomashyosi qazib olingani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Global Look Press

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda jami 774 ming tonna neft xomashyosi qazib olingan.

Qayd etilishicha, neft xomashyosining qazib olish hajmi 2020 yil bilan solishtirilganda 2,9 foizga oshgan.

Avvalroq, mamlakatda islohotlarning jadallashuvi, sanoatning rivojlanishi, aholi soni ko‘payishi natijasida O‘zbekistonda energiyaga bo‘lgan talab keskin oshishi, 2030 yilga borib qariyb 2 barobarga ortishi kutilayotgani ma’lum bo‘lgandi.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish maqsad qilingan.

Strategiya loyihasida 2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 40 mlrd kVt.soatga oshirib, jami 110 mlrd kVt.soatga yetkazish, 2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash hamda havoga chiqariladigan zararli gazlarning hajmini 8 mln tonnaga kamaytirish ham maqsad qilingan.

Mavzuga oid
Top