10:28 / 19.01.2022
8675

Toshkentda beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan «Matiz» va «Spark» ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida “Matiz” avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanida 19 yanvar kuni soat 02:25 da 102 tizimidan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 00:30 larda Farg‘ona yo‘li 2-darajali yo‘lda 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi A.N. “Matiz” rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Qayd etilishicha, u beton to‘siqqa urilgan, to‘qnashuvdan so‘ng “Matiz” rusumli avtoulovi ag‘darilib ketib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi F.Sh. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtoulovi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida “Matiz” avtoulovi haydovchisi A.N. "o‘ng oyoq ezilib yirtilgan jarohati, bosh va yuzi shilinishi, mastlik holati" tashxisi bilan 4-ShKShga murojaat qilgan. 

“Spark” avtoulovi yo‘lovchisi - 1981 yilda tug‘ilgan F.M. "bosh sochli qismi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va chap qosh sohasi ezilib yirtilgan jarohati" tashxisi bilan RKB-1ga murojaat qilgan.

Top