11:21 / 21.01.2022
21037
Abdulla Azizov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarligidan ketdi

Abdulla Azizov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Foto: Kun.uz

Manba xabariga ko‘ra, u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazirlikdan ketgan. Ammo hozircha u faoliyatini qayerda davom ettirishi bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Abdulla Azizov 1981 yilda tug‘ilgan. 2003 yil Yaponiyaning Nagoya universitetida iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qigan. 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2006 yili Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2006 yilda Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan.

2006–2019 yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2019 yil sentabr oyidan 2020 yil iyul oyiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil yozida Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatidagi o‘zgarishlar vaqtida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Top