08:32 / 21.01.2022
5626
Bozorlardagi asosiy mahsulotlarning narxi e’lon qilindi

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan

2022 yil 19 yanvar holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 68 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 54 000 – 80 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 3 000 – 8 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 1 500 – 4 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1000 – 5 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 6 000 – 14 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 5 000 – 17 500 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14 000 – 24 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 7 500 – 10 500 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Top