08:14 / 21.01.2022
8108

Buxoro viloyatida uchta tuman IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Buxoroda ichki ishlar tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining tegishli buyruqlari bilan Buxoro viloyatida 3ta tuman IIBga boshliq hamda viloyat IIB boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Boltayev Niyoziy

Jumladan, podpolkovnik Boltayev Niyoziy Hamidovich Jondor tumani IIB boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. U tayinlovga qadar Peshko‘ tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Nosirov Abduxalil

Peshko‘ tumani IIB boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Nosirov Abduxalil Rustamovich tayinlangan. U tayinlovgacha G‘ijduvon tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Hasanov Umidjon

Kogon tuman IIB boshliqligiga shu kungacha IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan podpolkovnik Hasanov Umidjon Fayzullayevich tayinlangan. 

Safarov Erkin

Shuningdek, podpolkovnik Safarov Erkin Nasilloyevich viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan. E.Safarov bungacha viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top