11:20 / 21.01.2022
26002
Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda - «O‘zgidromet»

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quyoshli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishida respublikaning shimolida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Surxondaryo viloyatida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 7-12 daraja iliq, shimolda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga sovuq antitsiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. O‘zbekistonda bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, harorat kunduzi 0-5 daraja iliqdan oshmaydi.

21-22 yanvar kunlari sovuq front o‘tishida respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida biroz yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Kechasi sovuq kuchayadi va 0-5 daraja, shimolda 5-10 daraja sovuq atrofida bo‘ladi, kunduzi havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari siklon ta’sirida tuman hosil bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi. 21-23 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Top