07:38 / 21.01.2022
4250

O‘tgan yili 2,8 ming mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

2021 yil davomida respublikada jami 2 345 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16 nafari respublika, 241 nafari viloyat va 2 547 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. 

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1 741 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 269 nafari firibgarlik, 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga  chiqish, 41 nafari mansab soxtakorligi, 12 nafari pora berish va 378  nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan. 

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 714,8 mlrd so‘mi undirilgan.

Top