18:51 / 23.01.2022
3651
O‘zbekistonda talabalarning deyarli yarmi pedagogika sohasida o‘qishi ma’lum bo‘ldi

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020/21 o‘quv yilida respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan.

Shundan, o‘g‘il bolalar – 311,5 ming nafar, qiz bolalar – 260 ming nafar.

Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni quyidagicha:

  • pedagogika: o‘g‘il bolalar – 52,4 ming nafar; qiz bolalar – 126,3 ming nafar; 
  • gumanitar fanlar: o‘g‘il bolalar – 13,9 ming nafar; qiz bolalar – 26,8 ming nafar; 
  • matematika fanlari: o‘g‘il bolalar – 5,4 ming nafar; qiz bolalar – 5,4 ming nafar; 
  • tabiiy fanlar: o‘g‘il bolalar – 11,6 ming nafar; qiz bolalar – 14,1 ming nafar; 
  • san’at: o‘g‘il bolalar – 5,5 ming nafar; qiz bolalar – 6 ming nafar; 
  • islomshunoslik: o‘g‘il bolalar – 0,9 ming nafar; qiz bolalar – 0,3 ming nafar.
Top