08:40 / 24.01.2022
2043
Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati cheklanmaydigan bo‘ldi
Foto: Depositphotos

“2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2022 yil 1 apreldan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan davlat budjeti mablag‘lari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini 3 yil muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi.

Bunda shartnomalarni tuzish bo‘yicha tanlovlar avval respublika hududida ishlab chiqarilmagan, istiqbolda mahalliylashtiriladigan substansiyalar, dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlari (bunday nom bo‘lmagan taqdirda, mansub dori vositalari guruh nomlari), tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati doirasida amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarga tuzilayotgan kafolatli xarid qilish shartnomalar doirasida oldindan bo‘nak to‘lovlarini o‘tkazishga ruxsat beriladi.

2022 yil 1 apreldan mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish cheklanmagan muddatga amalga oshiriladi, avval berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnomalar, ularning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmasdan 15 kun muddatda amal qilishi muddatsiz bo‘lgan guvohnomalarga almashtirib beriladi.

Top