13:55 / 24.01.2022
20454
Navoiyda Lacetti tuya bilan to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Navoiy viloyatining Konimex tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq avtohalokat sodir bo‘ldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Kun.uz manbasiga ko‘ra, avtohalokat 22 yanvar kuni sodir bo‘lgan. "Konimex-Boymurod" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Lacetti mashinasi yo‘lga bexosdan chiqqan tuya bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida mashinada bo‘lgan 3 kishi voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, Lacetti katta tezlikda harakatlangan.

Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.

Bu Navoiyda mashina va tuya to‘qnashgan birinchi holat emas. 2021 yilning 2 oktabr kuni ham Navbahor tumanida «Navoiy-Nurota» yo‘nalishida harakatlanib borayotgan Spark mashinasi tuyani urib yuborgan hamda qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Damas bilan to‘qnashgandi.

Oldinroq Navoiyda hayvonlar bilan bog‘liq avtohalokatlarning oldini olish maqsadida cho‘l hududidagi yo‘llarga hayvonlar maketi o‘rnatilgandi.

Mavzuga oid
Top