23:22 / 24.01.2022
19534

Zelenskiy Ukraina tashqi razvedkasini harakatga o‘tishga chaqirdi

Foto: AP

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat hududiy yaxlitligi bilan bog‘liq tahdid bilan yuzma-yuz kelganini aytdi. Bu haqda Ukraina yetakchisi Tashqi razvedka kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat razvedkasi agressiyaga qarshi turishga o‘rgandi va endi harakatga o‘tish vaqti keldi.

«Davlatimiz hududiy yaxlitlik bilan bog‘liq jiddiy xavf bilan yuzma-yuz turibdi. Bunday qiyin pallada samarali razvedka juda muhim. Biz tashqi agressiyaga qarshi kurashishni o‘rgandik. Endi milliy manfaat yo‘lida harakatga o‘tish vaqti keldi», degan Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Tashqi razvedka xizmatining xavfsizlik masalasida, ayniqsa «Normand formatidagi kelishuv», «Shimoliy oqim-2» borasida ahamiyati katta ekanini aytdi.

Oxirgi vaqtlarda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish xavfi yuqori ekani haqida gapirilmoqda. AQSh, Britaniya va Avstraliya o‘z fuqarolarini urush xavfi yuqorilagani sabab Ukrainadan olib chiqib ketishni boshladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top