07:54 / 25.01.2022
9146

Ayrim soliqlardan to‘liq ozod qilinganlar soliqlarni hisoblangan summaning bir foizi miqdorida to‘laydi

Foto: Fotolia

“Soliq kodeksining 75-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan prezidentning “2022 yil uchun O‘zbekiston davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan hamda Soliq kodeksining 75-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishni nazarda tutadi.
 
Loyihaning maqsad va vazifasi – yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlari va yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanishni, shuningdek kadastr organlarida ularning to‘liq hisobini yuritishni ta’minlash hisoblanadi.
  
Qonun loyihasi Soliq kodeksining 75-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi moddalardan iborat.

Xususan, 2022 yil 1 iyuldan boshlab ushbu kodeksning 483-moddasiga, prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha berilgan to‘liq ozod qilish ko‘rinishidagi soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarga, ko‘rsatilgan soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foiz miqdorida to‘lashini nazarda tutuvchi tartib kiritilmoqda.

Top