23:04 / 25.01.2022
5347

Elektr ta’minotida kuchlanishlar kuzatilsa «HET» tuman bo‘limlariga murojaat qilish so‘raldi

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotining qayta tiklanishi ortidan ayrim hududlarda kuchli kuchlanish kuzatilayotgani va bu texnika vositalariga zarar yetkazayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kun.uz bilan gaplashgan «Hududiy elektr tarmoqlar» AJ mutaxassisiga ko‘ra, elektr energiyasini uzatishdagi kuchlanish 2ta holatda sodir bo‘lishi mumkin.

«Uzatilgan elektr energiyasini taqsimlovchi transformatordagi nosozlik tufayli birorta liniyaga ko‘proq energiya ketib qolishi mumkin. Shuningdek, ko‘p qavatli uylardagi ayrim xonadonlarda elektromontaj ishlarini noto‘g‘ri olib borilgani tufayli kuchlanish kuzatiladi. Lekin, bu holat kamdan kam kuzatiladi.

Elektr ta’minotida kuchlanish yuqori bo‘lgan holatlar kuzatilsa, fuqarolar darhol «Hududiy elektr tarmoqlar» AJning tuman bo‘limlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Kech bo‘lishiga qaramay, brigada yetib borib nosozliklarni bartaraf qiladi», deydi mutaxassis.

Mavzu
O‘zbekistonda blekaut
25 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab svet o‘chib qoldi. Bu barcha sohalarga jiddiy ta’sir qildi.
Barchasi
Top