13:38 / 25.01.2022
7685
O‘zbekiston aeroportlari faoliyati tiklandi

O‘zbekiston aeroportlari faoliyati tiklandi. Bu haqda Uzbekistan Airpors xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, Toshkent aeroporti faqat reyslarni qabul qilish uchun ishlamoqda. Mintaqaviy aeroportlar reyslarni qabul qilish va parvozga yo‘naltirishni boshladi.

Bundan oldin, O‘zbekiston aeroportlari faoliyati elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli to‘xtatilgandi.

Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Termiz, Qarshi, Urganch, Buxoro, Nukus va Samarqand aeroportlarida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar kuzatildi. Elektr energiyasi faqat Navoiy aeroportida mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Mavzu
O‘zbekistonda blekaut
25 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab svet o‘chib qoldi. Bu barcha sohalarga jiddiy ta’sir qildi.
Barchasi
Top