09:42 / 25.01.2022
4267
O‘zbekistonda elektromobil importi 6,2 baravarga oshdi

2021 yilda 809 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: panthermedia/vostock-photo

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 16,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan.

Qayd etilishicha, elektromobil importi 2020 yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga oshgan.

2021 yilda O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy – 724 ta;
  • Turkiya – 24 ta;
  • AQSh – 22 ta;
  • Litva – 13 ta;
  • Germaniya – 12 ta;
  • Koreya – 5 ta;
  • Ispaniya – 2 ta;
  • Rossiya – 2 ta;
  • Ukraina – 2 ta;
  • BAA – 2 ta;
  • Hongkong – 1 ta.
Mavzuga oid
Top