15:29 / 25.01.2022
8030

Toshkent shahridagi tashkilotlarga xodimlarga ishdan ertaroq javob berish tavsiya etildi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga murojaat bilan chiqib, xodimlariga navbati bilan uyga javob berishlarini so‘radi.

Hokimlik matbuot xizmati shahar ko‘chalaridagi svetoforlar ishida nosozliklar kuzatilayotgani ta’kidlagan.

«Bugun, 25 yanvar kuni shahrimizda kuzatilgan elektr ta’minotidagi uzilishlar natijasida Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini qisqa muddatga to‘xtatdi, shuningdek, shahar ko‘chalaridagi svetoforlar ishida nosozliklar kuzatilmoqda. 

Hozirda yuqoridagi nosozliklarni bartaraf etishga barcha kuchlar safarbar etilgan. Poytaxt hokimligi huzuridagi Vaziyatlar markazida tun-u kun ishlaydigan maxsus tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shu sababli bir vaqtning o‘zida katta tirbandlikning oldini olish maqsadida korxonangizda faoliyat yuritayotgan xodimlarga 15:30 dan keyin jadval asosida javob berishingizni tavsiya qilamiz. Shahrimiz aholisi va mehmonlaridan vujudga kelgan vaziyat uchun uzr so‘raymiz va vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishingizga umid qilamiz», deyiladi murojaatda.

Mavzu
O‘zbekistonda blekaut
25 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab svet o‘chib qoldi. Bu barcha sohalarga jiddiy ta’sir qildi.
Barchasi
Top