20:03 / 26.01.2022
23382
«Hammaga kerakli oylik va sharoit yaratib berilgan» - prezident natija talab qildi (video)
Foto: Prezident matbuot xizmati

Videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish lozimligini ta’kidladi. 

«Tashabbusni qo‘lga olib ishlash kerak. Hamma kulib o‘tirmasdan, kim korrupsiya qilar ekan, ha prokuror qilar ekan deb... Butun jamiyat bo‘lib bunga qarshi kurashish kerak. 

Man Burxonov o‘tiribdi, agentlik tuzdik. Hamma narsa o‘zimizga bog‘liq.

Bugun aytmoqchi emasdim... Prezident vakillari, viloyat hokimlari... Hammalaringa keraklicha oylik ham, sharoit ham yaratib berilgan. Hammaga. Quyi pog‘onadagilarga ham. 

Sektor rahbarlariga uy ham qurib berdik. Qani natija?», deydi davlat rahbari.

Top