09:00 / 26.01.2022
23968

Soat 4:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 8 hududida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan

Respublikaning 8 hududida - Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Energetika vazirligi respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Soat 03:50 holatiga respublikada elektr energiyasi ta’minoti 70 foizga tiklangan. Bunda, birinchi navbatda aholi iste’molchilari va ijtimoiy soha obektlari elektr energiyasi bilan ta’minlangan.

Hozirgi paytda mavjud issiqlik elektr stansiyalarining energobloklari bosqichma-bosqich ishga tushirilishi davom ettirilmoqda.

«Toshkent shahri va respublikamizning ayrim viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklangan.

Biroq, ayrim nosozliklar tufayli transformator punktlari, podstansiyalar va kabel tarmoqlarida muammolar paydo bo‘lishi va elektr ta’minotida uzilishi kuzatilgan holatlar bo‘lishi mumkin.

Shu sababli, ba’zi xonadonlar hali ham elektr energiyasiga ulanmagan bo‘lishi mumkin. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, yuzaga kelgan muammolar zudlik bilan bartaraf etiladi», deyiladi vazirlik xabarida.

2022 yil 26 yanvar, soat 04:00 holatiga:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

2. Andijon viloyati — Andijon shahar 70 foiz, Xonobod 100 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 10 foiz elektr ta’minoti mavjud.

3. Buxoro viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

4. Jizzax viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5 foiz, G‘uzor tumani 70 foiz ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;

6. Navoiy viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

7. Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 70 foiz elektr ta’minoti mavjud;

8. Samarqand viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz, Termiz shahri 100 foiz, Termiz tuman 70 foiz, Sherobod tumani 15 foiz, Oltinsoy tumani 70 foiz, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlari 10 foiz, Angor, Mizrobod, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 5 foiz elektr ta’minoti mavjud;

10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100 foiz, Yangiyer 100 foiz, Shirin shahri 100 foiz, Boyovut 100 foiz, Sayxunobod tumani 60 foiz, Guliston tumani 100 foiz, Mirzaobod tumani 100 foiz, Xovos tumani 100 foiz, Oqoltin tumani 100 foiz, Sardoba tumani 100 foiz, Sirdaryo tumanida 40 foiz elektr ta’minoti mavjud;

11. Toshkent viloyati — Angren shahar 95 foiz, Bekobod shahar 100 foiz, Nurafshon shahar 40 foiz, Olmaliq shahar 100 foiz, Chirchiq 80 foiz, Ohangaron shahar 100 foiz, Bo‘ka tumani 40 foiz, Bo‘stonliq tumani 95 foiz, Zangiota tumani 40 foiz, Qibray tumani 95 foiz, Ohangaron tumani 80 foiz, Parkent tumani 80 foiz, Toshkent tumani 80 foiz, Quyi Chirchiq 50 foiz, O‘rta Chirchiq 20 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 60 foiz, Chinoz 70 foiz, Yangiyo‘l tumanida 5 foiz elektr ta’minoti mavjud;

12. Farg‘ona viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

13. Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

14. Toshkent shahri — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Mavzu
O‘zbekistonda blekaut
25 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab svet o‘chib qoldi. Bu barcha sohalarga jiddiy ta’sir qildi.
Barchasi
Top