16:26 / 27.01.2022
3477

Issiqlik ta’minoti berilmagan kunlar uchun pul undirilmaydi - vazirlik

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi blekaut tufayli issiqlik berilmagan kunlar uchun to‘lov undirilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, issiqlik ta’minoti qachon me’yoriga qaytishi haqida ma’lumot berildi.

Foto: KUN.UZ

Ishlatilmagan kunlar uchun kommunal to‘lovlardan ma’lum miqdorda pul chegirib tashlanadi, ya’ni aholi issiqlik berilmagan kunlar uchun pul to‘lamaydi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 194-sonli qarorida alohida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, vazirlik issiqlik qachon me’yorlashishiga ham izoh berdi.

“Oldingi haroratga qachon qaytamiz degan savollar bo‘lmoqda. Mutasaddilar qozonxonalarni bevosita ko‘ryapti. 26 yanvar kuni Toshkent shahri misolida barcha qozonxonalar faoliyati tiklangan. Lekin me’yordagi issiqlik xonadonlarga kirib bormagan. Bu albatta texnogen favqulodda holat bilan bog‘liq. Gaz bosimining ko‘tarilishi 27 yanvar kuni ertalabdan boshlandi va me’yorga chiqish qozonxonalarda ham asta-sekinlik bilan davom etyapti.

Mutaxassislar hozirgina ma’lumot berdi, (soat 14:00 holatiga) birdaniga qozonxonalarning issiqlik temperaturasini ko‘tarib bo‘lmaydi, bugun tunga borib me’yoriy holatga qaytish imkoniyati bo‘ladi”, – dedi vazirlik mas’uli.

Ma’lum qilinishicha, birgina Toshkent shahrining o‘zida bir soatda 19 ming metr kubdan ortiq issiq suv isitilib, xonadonlarga haydaladi.

Mavzuga oid
Top