08:38 / 27.01.2022
5137
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi isitish tizimi yaxshi ishlamayotganiga izoh berdi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkentdagi uylarda batareyalar haligacha sovuqligini tushuntirdi.

Foto: Kun.uz

“Aholidan joylardagi qozonxonalarning xonadonlarga me’yorida issiqlik yetkazib bermayotgani bo‘yicha bo‘layotgan murojaatlar xususida shuni ma’lum qilamizki, hozirgi vaqtda, misol uchun Toshkent shahrini oladigan bo‘lsak, mavjud barcha qozonxonalar ishga tushirilgan.

Ammo, xabar berilganidek, gaz bosimining pastligi bois qozonxonalar yetarli issiqlikni xonadonlarga bera olmayapti. Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, hozirda qozonxonalardagi tabiiy gaz bosimini ko‘tarish bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 25 yanvar kuni 3−4 soat ichida Toshkent shahridagi markaziy isitish qozonxonalar to‘liq ishlay boshlashi haqida xabar bergandi.

Top