22:00 / 28.01.2022
1238

Sirdaryoda gaz to‘ldirish shoxobchasida “Zil” yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi gaz to‘ldirish shoxobchasida "Zil MMZ-554" yuk mashinasida yong‘in yuz bergan. Oqibatda mashinaga jiddiy zarar yetgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 2022 yil 28 yanvar kuni soat 20:00 larda, Guliston tumani, "Mevazor" MFY hududida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida "Zil MMZ-554" yuk mashinasida yong‘in yuz bergan.

1980 yilda tug‘ilgan haydovchi J.X. gaz to‘ldirish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan "Zil MMZ-554" yuk mashinasini harakatga keltirgan. Oqibatda mashinada yong‘in yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top