11:13 / 28.01.2022
9522
Toshkentda ekoreyd boshlandi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida ekologik reydga start berildi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi. 28 yanvar tongida qo‘mita raisi Narzulla Oblomurodov qo‘mita va Ekopatrul inspektorlarga hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Ekologik reydlar jarayonida "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida" gi qonun talablarining bajarilishini ta’minlash, shuningdek aholining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borilishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi barcha ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar, vlogerlar, ekofaollar va keng jamoatchilik vakillarini ekologik reydlar mobaynida hamkorlik qilish uchun chorlamoqda.

Ekologik reydlar 28-30 yanvar kunlari, ya’ni 3 kun davom etishi rejalangan.

Top