16:57 / 29.01.2022
17367

Nazarboyev To‘qayevning «Nur Otan» partiyasi yetakchisi etib saylangani haqida gapirdi 

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev «Nur Otan» partiyasining navbatdan tashqari XXI qurultoyida ishtirok etdi. Bu uning ikkinchi marta omma oldida chiqishi.

Foto: elbasy.kz

Elboshi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy qurultoyning tarixiy ahamiyatini ta’kidlagan Nursulton Nazarboyev uning partiyadoshlari Qosim-Jo‘mart To‘qayevni «Nur Otan» partiyasi raisligiga saylash taklifini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirdi. 

«Oxirgi bir yarim yil ichida partiya jiddiy tizimli qayta yuklanishni boshidan kechirdi. Men partiya ustidan to‘liq nazorat amaldagi davlat rahbari Qosim-Jo‘mart Kemelevich To‘qayevga o‘tkazilishini bu jarayonning so‘nggi bosqichi deb bilaman. Partiyaga Prezident saylovida nomzodi ko‘rsatilgan va uni qo‘llab-quvvatlagan shaxs rahbarlik qilishi kerak. Bugun Qozog‘iston prezidenti rahnamoligida eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar kompleksi amalga oshirilmoqda. «Nur Otan» partiyasi barcha zarur resurslarga ega bo‘lgan holda, ularni amalga oshirishda ishonchli yordamchiga aylanishi kerak», dedi Nazarboyev. 

Elboshining ta’kidlashicha, jamoatchilikning keng qo‘llab-quvvatlashi bilangina Qozog‘iston mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim natijalariga erishiladi. 

Avvalroq Qozog‘iston parlamenti Nazarboyevni Xavfsizlik kengashiga umrbod raislik qilish huquqidan mahrum etgani xabar qilingandi. 

Bundan tashqari, Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Qozog‘istondagi hukmron «Nur Otan» partiyasi siyosiy kengashidan chiqarib yuborildi. 

Top