07:41 / 29.01.2022
7238

Xorazmdagi yong‘inda ikki ishchi halok bo‘ldi

Urganch tumanida ikki nafar insonning o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa 2022 yil 27 yanvar kuni soat 11:00 larda, Cho‘lobod mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning qurilishida yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yerda yollanma ishchi bo‘lib ishlab kelayotgan, 1962 yilda tug‘ilgan G.O. va 1960 yilda tug‘ilgan G‘.E. ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida temir kesadigan uskunadan foydalanayotgan bo‘lgan.

Bildirilishicha, ular shu vaqtda kelib chiqqan qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan yong‘in sababli yerto‘lada vafot etgan.      

Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top