14:39 / 30.01.2022
23307

Rossiyalik aktyor Leonid Kuravlyov vafot etdi

RSFSR xalq artisti Leonid Kuravlyov 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinematografchilar ittifoqiga asoslanib, TASS xabar berdi.

Foto: Sergey Fadeichev/TASS

Yanvar oyi boshidan buyon Kuravlyov Kommunarkadagi klinik shifoxonada pnevmoniyadan davolangan, yanvar oyi oxirida uni boshqa shifoxonaga reabilitatsiya uchun yuborishgandi. Kuravlyovning koronavirus uchun so‘nggi testlari manfiy natija bergandi.

Leonid Kuravlyov 200dan ortiq filmlarda rollar ijro etgan. Uni «Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi» (Jorj Miloslavskiy), «Robinzon Kruzoning hayoti va sarguzashtlari» (Robinzon), «Oltin buzoqcha» + «O‘n ikki stul» (Shura Balaganov), «Viy» (Xoma Brut), «Ibtido» (Arkadiy), «Afonya» (Afonya), «Hayot uchun xavfli» (Spartak Molodsov), «Bahorning o‘n yetti lahzasi» (Aysman), «Uchrashuv joyini o‘zgatirish mumkin emas» (Kopcheniy)  filmlaridagi rollari mashhur qilgan. Kuravlyov «Mentlar» va «Maxfiy agentlar» teleseriallarda qatnashgan. 1960-1992 yillarda kinoaktyorlarning Teatr-studiya truppasi a’zosi bo‘lgan.

Top