O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinda qayd etildi
O‘zbekiston doimiy aholisi soni bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinda qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni 35,2 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paydi.
Mos ravishda ayollar soni 346,6 ming kishiga yoki 2,0 foizga, erkaklar soni esa 365,7 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paygan, deyiladi ma’lumotda.
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 7,8 mlrd kishini tashkil etgan. O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 43-o‘rinda qayd etildi.
Avvalroq, O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketuvchilar soni ko‘paygani xabar berilgandi.
O‘tgan yili O‘zbekistondan ko‘chib ketgan odamlar mamlakatga ko‘chib kelganlarga nisbatan 18 ming 265 nafarga ko‘p bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024
Rossiyada 2024 yildagi mehnat migrantining o‘rtacha statistik portreti tuzildi
10:13 / 03.12.2024
Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
15:15 / 01.12.2024