11:35 / 01.02.2022
5905

O‘zbekiston Tojikistondan 23 million dollarga elektr energiyasi sotib olgan 

2021 yilda Tojikiston xorijga 2020 yildagiga nisbatan ko‘proq elektr energiyasi sotdi. Bu haqda respublika energetika va suv xo‘jaligi vaziri Daler Juma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Mamlakatdan qariyb 2,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilindi. Bu 2020 yilga nisbatan 900 million kVt/soatdan ortiq, dedi vazirlik rahbari.

Resurslarning asosiy qismini O‘zbekiston va Afg‘oniston sotib olgan. Afg‘oniston 1 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi uchun qariyb 55 million dollar to‘lagan.

O‘z navbatida O‘zbekiston Tojikistondan biroz kamroq resurslar oldi. Shu bilan birga, mamlakatga yetkazib berilgan elektr energiyasi darajasi 1 milliard kVt/soatga yetdi. Xarid qilingan tovar uchun mamlakat 23 million dollardan ortiq pul to‘lagan. 

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston elektr energiyasi ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirgan. 

2021 yilda ishlab chiqarilgan resurslar darajasi 20 milliard kVt/soatdan oshdi. Bu 2020 yilga nisbatan 4,3 foizga ko‘pdir. 

Top