09:36 / 02.02.2022
3670

O‘zbekiston 2021 yilda Qozog‘istondan 1 mln tonna sement import qilgan

O‘zbekiston 2021 yilda 2,7 mln tonna sement import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Getty Images

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda xorijdan O‘zbekistonga qiymati 128,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,7 mln tonna sement import qilingan. 

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2020 yil bilan solishtirilganda 206 ming tonnaga ko‘p. 

2021 yilda O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 1,1 mln tonna.

Keyingi o‘rinlarda 816 ming tonna sement import qilingan Tojikiston va 671 ming tonna sement olib kirilgan Qirg‘iziston bormoqda.

Shuningdek, Erondan 58,1 ming tonna, Turkmanistondan 36,3 ming tonna va Rossiyadan 502 tonna sement olib kelingan.

Avvalroq, «Ohangaronsement» Alisher Usmonovga aloqador kompaniya ixtiyoriga o‘tgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top