15:09 / 02.02.2022
4520

Tojikistonda katta yoshli aholining qariyb 80 foizi koronavirusga qarshi emlandi

Mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash 2021 yil martda boshlangan.

Foto: Tojikiston SSV

Tojikistonda katta yoshli aholining 79,7 foizi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Tojikistonda 1 fevral holatiga 4 mln 594 ming 703 kishi emlangan.

Katta yoshli aholining 67,7 foizi yoki 3 mln 902 ming 269 kishi vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan.

Mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash 2021 yil martda boshlangan.

Tojikistonda vaksinatsiya CoronaVac, AstraZeneca, Moderna, Pfizer va Sputnik V vaksinalari bilan amalga oshirilmoqda.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 17326 kishi kasallik yuqtirgan, 124 nafar bemor vafot etgan.

Top