13:06 / 05.02.2022
9603

FVV Qamchiq dovonida ob-havo keskin yomonlashishi haqida ogohlantirdi 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida ob-havo keskin yomonlashishi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, joriy yil 6 - 7 fevral kunlari A-373 Toshkent-O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi mumkin.

Xabarga ko‘ra, dovonda ko‘rish masofasi 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17 - 22 m/s va qisqa vaqtlarda 25-27 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi kutilyapti.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘ragan.

Avvalroq, «O‘zgidromet» dam olish kunlari anomal iliq havo keskin sovuq bilan almashishini ma’lum qilgandi.

Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Mamlakat bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, harorat kunduz kuni 4-9 daraja iliqqacha, shimolda 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Yakshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilmoqda, deyiladi «O‘zgidromet» xabarida. 

Mavzuga oid
Top